MINGTEPA

MINGTEPA — koʻhna shahar xarobasi (mil. av. 3 — mil. 5-a.). Andijon viloyati, Marhamat tumanы markaziga tutashib ketgan yodgorlik. Xitoy yozma manbalaridagi Ershi sh. bilan aynan deb taxmin etiladi. 1940—50 y. larda A. N. Bernshtam, Yu. A. Zadneprovskiy, keyinchalik (90-y. larda) Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining Fargona otryadi (B. Matboboyev) arxeologik tekshirish ishlari olib borgan. Mingtepa ichki va tashki shahardan iborat boʻlib, mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Hozir faqat ichki shaharni (38 ga) toʻrt tomondan qurshagan mudofaa devori saqlanib qolgan. Mingtepa dagi tepaliklar soni 52 ta. Ichki shaharning shim.-gʻarb tomonidagi markaziy tepalikning madaniy qatlami 10 m dan ortiq. Eng quyi qatlam mil. av. 3—2-a. larga oid. Tepalikdan 5 m qalinlikdagi platforma (tagkursi) ustida qurilgan inshoot qoldiqlari chiqqan. Mutaxassislar fikricha, bu tepalik shahar arki boʻlgan. Mingtepa mudofaa devorining har 38—40 m masofasida kuzatuv minorasi oʻrnatilib, uning uz. 18 m, eni 9 m, bal. 3—4 m ga yetgan. Minora oʻrtasida shinaklar bilan taʼminlangan xona joylashib, unda sokchilar yashagan. Burjlarni oʻzaro tutashtirib turgan mudofaa devorining qalinligi quyi qismida 7 m, yuqorida 4 m, bal. 4 m ga yetgan. Devor va burj, asosan, yaxshi pishirilgan paxsa va xom gʻishtlardan tiklangan. Devor tashqarisida xandaqlar qazilgan. Qadimda Mingtepa oʻrnida boʻlgan Ershi sh. ni xitoyliklar bir necha marta qamal qilib, ishgʻol eta olmaganlar (q. Ershi mudo-faasi).

Ad.: Bernshtam A. N., Istoriko-arxeologicheskiye ocherki Tyan-Shana i Pamiro-Alaya, Mingtepa — L., 1952; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.

Boqijon Matboboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x