MINAS-JERAIS

MINAS-JERAIS — Braziliyaning jan.-sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 588,3 ming km2. Aholisi 17,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Belu-Orizonti sh. Yirik shaharlari: Juisdi-Fora, Governador-Valadaris, Uberlandiya va b. Braziliya yassitogʻligining eng baland (bal. 2890 m, Serrade-Mantikeyra) sharqiy qismini egallagan. M.-J. ning markaziy qismida shim. dan janubga tomon shtatning asosiy mineral resurelari toʻplangan Serra-du-Espinyasu tizmasi choʻzilgan. Yirik daryolari SanFransisku, Riu-Dosi, Riu-Grandi, Paranaiba va b. Ikdimi tropik iqlim, yozi issiq va qishi quruq va iliq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 16°, yanv. niki 25°, yillik yogʻin shim. va shim.-sharqida 1000—1250 mm dan jan. da 2000 mm gacha. Oʻsimlik dunyosi sernam doim yashil togʻ tropik oʻrmonlaridan hamda butali oʻrmon va savannalardan iborat. M.-J. iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan shtatlardan. Mamlakatning asosiy konchilik (por-tugalcha minasgerais — asosiy konlar; shtat nomi shundan) va metallurgiya sanoati rivojlangan r-ni. M.-J. da 17—18-a. larda dastlabki olmos va oltin konlari topilgan. Shtatda radioaktiv elementlarga boy rudalar, boksit, marganes rudalari, sirkon, berill, molibden, nikel, niobiy, tantal, vanadiy, kobalt, grafit, mi-shyak, slyuda, olmos, oltin va b. foydali qazilmalarning yirik zaxiralari bor. Rangli metallurgiya sanoati rivojlangan Oru-Pretu va Posusdikaldas sh. larida alyuminiy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik, metal-lsozlik, neft kimyosi, sement, oyna-keramika, yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari bor. Oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Q. x. da dehqonchilik yetakchi tarmoq. Asosiy ekinlari: sholi, makkajoʻxori, dukkaklilar, maniok, jan.-sharqida — kofe, shakarqamish, tamaki, sitrus mevalar. Chorvachilik rivojlangan. SanFransisku va uning irmoqlarida kema katnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x