MING UY

«MING UY» (xitoycha «Chyanfodung») , Mogaoku — Xitoyning Sinszyan-uygʻur muxtor rayonidagi togʻli hududlarda joylashgan budda gʻor ibodatxonalari. Ular Qizil (Kuchar viloyati), Turfon, Xesi yoʻlagi, Dunxuanda uchraydi. Dunxuandagi «Ming uy» ularning eng yirigi boʻlib uning rasmiy nomi — «Mogaoku» («Qumlikdagi baland budda ibodatxonasi»). Ibodatxona hujrachalari qoyaning ichini oʻyib ishlash usuli bilan yasalgan. Eng qad. hujra 366-y. ga mansub, jami — 492 ta, ularning devorlari va shipi buddaviylik syu-jetlari, tarixi va afsonalariga oid rasmlarga toʻla. Katta hujralarda haykallar oʻrtada, kichiklarida eshik roʻparasida joylashgan, jami 2415 haykal bor. Devoriy rasmlar ichida (158hujra) Markaziy Osiyodan borgan odamlar surati uchraydi. Ibodatxonaning markaziy hujrasida bal. 33 m keladigan Buddaning katta haykali oʻrnatilgan. Ibodatxonada hujralarning koʻpligiga sabab, buddaviylikda kamolotga erishgan har bir zot bitta hujra qurishi lozim boʻlgan. Abdulahad Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x