MILYA

MILYA (lot. milia passum — mingta qoʻsh qadam) — Xalqaro birliklar tizimi SI ga kirmagan uzunlik oʻlchovi birligi. Milya qadim zamonda qoʻllanilgan; hozir esa metrik konvensiyaga aʼzo boʻlmagan davlatlarda, shuningdek, dengizchilikda foydalaniladi. Har xil qiymatlarga ega Milyalar mavjud:

1) xalqaro dengiz M. si — Yer meridiani 1 minut yoyining oʻrtacha uzunligi, 1852 m ga teng;

2) Britaniya dengiz Milyasi — 1853,184 m;

3) geografiya M. si — ekvator 1/15 gradus yoyining uzunligi, 7420,4 m ga teng;

4) Britaniya quruqlik M. si (AQSH da qoʻllanadi) —5280 fut ~ 1609,344 m;

5) eski rus Milyasi =7467,6 m;

6) eski rim M. si =1481 m. Turli xil Milyalar orasidagi bogʻlanish quyidagicha: 1 eski rus Milyasi =4,038 dengiz Milya si=4,669 quruqlik Milya si.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x