MILTON

MILTON (Milton) Jon (1608.9.12 – London — 1674.8.11) — ingliz shoiri, publitsist, siyosiy arbob. Kembrij untini tugatgan (1632). Asarlarini ingliz, italyan va lotin tillarida yozgan. Ilk asarlari — «Shekspirga» sheʼri (1630), «Xushchaqchaq» va «Xayolchan» deb nomlangan qoʻshaloq asari (1632), «Qomus» dramatik dostoni (1634), «Lyusidas» marsiyasi (1632). Milton 1638—39 y. larda Fransiya va Italiyaga sayohat qilgan. 1640-y. dan Angliya burjua inqilobi gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan. «Areopagitika» (1644) risolasida matbuot erkinligini yoqlab chiqqan. 1649—52 y. larda burjua inqilobi arbobi O. Karomvelning xalqaro davlat yozishmalarini olib borgan. «Sanamkush» (1649), «Ingliz xalqini ximoya qilish» (1650, 1654) va b. asarlarida xalqning mustabid hukmdorlarni yoʻq qilish huquqi borligini taʼkidlaydi. Styuartlar sulolasi qayta tiklangandan keyin mashaqqatli hayotga giriftor boʻlgan shoir oʻzining mashhur asarlari — «Yoʻqotilgan jannat» (1667), «Topilgan jannat» (1671) dostonlarini yaratadi. Dostonlar mazmuni «Injil»dan olingan boʻlsada, diniy mazmun orqali davrning dolzarb masalalarini — xalq ommasining monarxiya va zulmning barcha shakllariga qarshi noroziligini aks ettirgan. Soʻnggi asari — «Isyonkor Samson» t-ragediyasida Angliya burjua inqilobi va Milton dunyoqarashiga xos boʻlgan qaramaqarshiliklar oʻz ifodasini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x