MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI

MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI (MOQ) — mamlakat nomidan olimpiada harakatida vakil boʻlib qatnashuvchi tashkilot. MOQni Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tan olmasa, milliy jamoalar Olimpiada oʻyinlariga qoʻyilmaysi. Oʻzbekiston Respublikasi MOQ 1992-y. 21 yanv. da tashkil topgan, 1993-y. sent. da XOQ tomonidan tasdiqlangan. MOQning maqsadlari: olimpiada harakati va havaskorlar sportini rivojlantirishga yordam berish; mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash; Oʻzbekiston va butun dunyo sportchilari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini rivojlantirish. MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assam-bleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga prezident, 3 vitse-prezident, bosh kotib, bosh direktor va 7 aʼzo kiradi. Ular 4 y. muddatga saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi MOQ manzili — Toshkent sh.

Oʻzbekiston Respublikasi MOQ rahbarligida ish olib boruvchi OʻzR Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi (1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqi-yatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x