MILDYU

MILDYU (ang. mildew) , soxta kul kasalligi, peronosporoz — oʻsimliklarning peronosporali zamburugʻlardan zararlanishi. Aksariyat tokda xavfli soxta kul kasalligini qoʻzgʻatadi. Tarqatuvchisi — Plasmopora viticola Berl. et Toni. parazit zamburugʻ hisoblanib, tokning jonli toʻqimasini, novda, barglari va uzum gʻujumlarini zararlaydi. Ortiqcha namlik va yogʻingarchilik kasallikni avjlantiradi. Mavsumda 20-martgacha avlod beradi.

Kurash choralari: tok parvarishida agrotexnologiya talablariga rioya qilish; bordo suyukligi, sineb, kuprozan, mikal va b. fungitsidlarni purkash.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x