MILENIN Semyon Mixaylovich

MILENIN Semyon Mixaylovich (1903. 13.9, Lugansk sh., Ukraina — 1966.8.7, Toshkent) — teatr rassomi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1936-y. dan Toshkentda. Hamza teatrida bosh rassom (1960-y. gacha). Milenin oʻzbek teatri sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Sahna bezaklarining maishiy tafeilotga boyligi, meʼmoriy shakllardagi interyer, eksteryerlar, yorugʻlik effektlaridan samarali foydalanish Mileninga spektakllardagi davr va uning oʻziga xos xususiyatlarini toʻliq yoritish imkonini berdi: «Makr va muhabbat» (1936, F. Shiller), «Otello» (1941, U. Shekspir), «Momaqaldiroq» (1938, 1955, A. Ostrovskiy), «Alisher Navoiy» (1945, Uygʻun va I. Sulton), «Hamlet» (1949, U. Shekspir), «Shohi soʻzana» (1952, A. Qahhor), «Yurak sirlari» (1953, B. Rahmonov) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x