MEZONLAR

MEZONLAR (yun. mesos — oʻrta oraliq) — oʻzaro kuchli taʼsirlashadigan zarralar (adronlar) qatoriga kiradigan beqaror elementar zarralar. M. barion zaryadi yoʻqligi va nolga teng yoki butun sonli spinga ega boʻlgan barionlardan farq qiladi. Dastlab kashf etilgan p – va K-mezonlar massasining proton hamda elektron massalari oraligʻida turishi bu elementar zarralarning Mezonlar deb atalishiga sabab boʻlgan. ya-mezon va K-mezonning atom yadrolari, shuningdek, nuklonlar bilan oʻzaro taʼsiri elektromagnit oʻzaro taʼsirga nisbatan juda kattadir. Mezonlarning koʻpchiligi kosmik nurlarning atom yadrolari bilan toʻqshanuvini oʻrganishda aniqlangan.

Mezonlarning umumiy va asosiy xossalaridan biri, ularning oʻz-oʻzidan yemirilish (parchalanish) xususiyatidir. Mezonlarning atom yadrolari, nuklonlar va b. elementar zarralar bilan taʼsirlashuvi va sochilishidan elementar zarralar strukturam, taʼsir parametrlari, rezonans zarralar, oʻzaro taʼsirdagi zarralar xossalari kabi muhim natijalar olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x