FILLIT

FILLIT (yun. phyllon — varaqsimon) — seritsit yoki xloritning mayda tangachalaridan tarkib topgan, yupqa varaqsimon metamorfik togʻ jinsi. Fillit tarkibida chaqiq kvars donachalari va baʼzan, albitning yangi hosil boʻlgan kristallari mavjud. Rangi, odatda, toʻq kulrang yoki kora. F. gilli slaneslar va argillitlarning metamorfizmi jarayonida hosil boʻladi. Metamorfizm darajasi oshgan sayin, slyudali slaneslarga aylanib boradi. Fillitning seritsitli, xloritli turlari maʼlum. Oʻzbekistonda Qurama va Chatqol togʻlarida, Fargʻona jan. da, Qizilqumda, asosan, biotitli va xloritli Fillitlar koʻp uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x