METEOROLOGIK ELEMENTLAR

METEOROLOGIK ELEMENTLAR — atmosferaning maʼlum bir vaqtdagi holatini, undagi jarayonlarni ifodalovchi umumiy parametrlar. Meteorologik elementlar, asosan, havo t-rasi, bosimi, namligi, shamol kuchi va yoʻnalishi, bulut, yogʻin turi va mikdori, tuman, tiniqlik, suv va tuproq t-rasi, Quyosh radiatsiyasi, Yer va atmosferaning issiklik nurlanishi, qor qatlami va h. k. dan iborat. Shuningdek, Meteorologik elementlarga obhavoda sodir boʻladigan turli hodisalar — momoqaldiroq, qor va qum boʻronlari ham kiradi. Meteorologik elementlar asosida atmosferada sodir boʻlayotgan jarayonlar haqida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Meteorologik elementlardan obhavoni oldindan aytishda, iqlim normalarini hisoblashda va b. ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x