METEOROLOGIK RADIOLOKATSIYA

METEOROLOGIK RADIOLOKATSIYA — fazodagi turli obyektlar (samolyot, radiozond, momoqagdirok, yogʻinlar maydoni va b.) ning turgan joyini koʻri-nuvchanlikning xar qanday sharoitida ham ularga radiotoʻlqin yuborib, ulardan qaytgan radiotoʻlqin orqali radio-aniqlash usuli. Meteorologik radiolokatsiyada juda qisqa muddatli, lekin katta quvvatli impuls larda ishlaydigan maxsus radiouzatkichlar koʻllanadi. Obyekt tomon yoʻnalishni aniqlash uchun nurlanish energiyasining katta qismini nurning ingichka tutamli chegarasida yuborishni (shuningdek, asosan ushbu tutam chegarasida qabul qilinaditan signallarni ham) taʼminlaydigan maxsus yoʻnalgan antennalardan foydalaniladi. Moʻljalni antenna oʻqining yoʻnalishi bilan aniqlanadi. Obyekt bilan radiolokator orasidagi masofa obyektga uzatilgan va undan qaytgan radio-toʻlqin uchun ketgan vaqt (mikrosekund) oʻlchanib aniqlanadi. Meteorologik radiolokatsiya yordamida meteorologik obyektlarni, eng avvalo yogin maydoni va u bilan bogliq boʻlgan hodisalar (ʻmomoqaldiroq, bulut), shuningdek, bulut ortidagi shamol tezligi va yoʻnalishi ham aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x