METALLMASLAR

METALLMASLAR — metallarning xossalariga ega boʻlmagan kimyoviy elementlar. M. metallar kabi yaltiroqlikka, choʻziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka ega emas, issiklik va elektr tokini yomon oʻtkazadi, aksariyat hollarda kimyoviy reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. Metallmaslarga 22 element kiradi: bor V, uglerod S, kremniy Si, azot N, fosfor R, margimush As, kislorod O, oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor S1, yod I, brom Vg, astat At, vodorod N, inert gazlarargon Ag, geliy Ne, kripton Kg, ksenon Xe, neon Ne, radon Rn. M. davriy sistemada elementlar guruhlarining oʻng tomonida joylashgan. Elementlarning metallar va Metallmaslarga boʻlinishi maʼlum darajada shartlidir. Metallar guruhi bilan Metallmaslar guruhi orasiga keskin chegara qoʻyib boʻlmaydi. Yarim metallik va yarim metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan elementlar (germaniy, qalay, koʻrgʻoshin, vismut, poloniy) ham bor. Metallmaslar atomlarining sirtqi elektron qavatidagi elektronlar soni oʻsha element joylashgan guruh raqamiga teng boʻladi. Metallmaslar atomlari elektronlarni biriktirib olishga moyil, shuning uchun ularning ionlanish potensiali yuqori. Metallmaslardan vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida boʻladi; brom suyuq, bor, uglerod, kremniy, fosfor, oltingugurt, margimush, selen, tellur, yod va as-ma/ iqattiq moddalardir. Metallardan farqli ravishda Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar — kislota angidridlari hosil qiladi (mas, fosfat angidrid R2O5, sulfat angidrid SO3, peroxlorat angidrid S12O7 va b.) M. ning baʼzi oksidlari (mas, SO, N0) betaraf oksidlar deyiladi. Metallmaslarning kislorod bilan birikishida oksidlanish darajasi qancha yuqori boʻlsa, hosil boʻlgan oksidning kislotaligi ham shuncha yuqori, shunga koʻra, unga toʻgʻri keladigan kislota ham kuchli boʻladi (mas, H2SO3 ga qaraganda H2SO4, HNO2 ga qaraganda HN03 kuchli). Metallmaslar vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Koʻpchilik Metallmaslar vodorodli birikmalarning suvdagi eritmasi kislotalardir. Inert gazlardan boshqa Metallmaslar yuqori elektr manfiylikka ega. Metallmaslarning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta (M. haqida toʻliq maʼlumot olish uchun ularga tegishli har bir element toʻgʻrisidagi maqolalarga q.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x