METAKRIL KISLOTA

METAKRIL KISLOTA, (a-metilpropen kislota, ss-metil akril kislota) , SN2=S(SN3) — SOON — oʻtkir hidli rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi 16°, qaynash t-rasi 163°, zichligi 1015 kg/sm3 (20°da), suvda va organik erituvchilarda eriydi. Metakril kislota natriy amalgamasi bilan izomoy kislotagacha qaytariladi, asoslar va spirtlar bilan metakrilatlar hosil qiladi. Oson polimerlanib, polimetakril kislotaga aylanadi. Sanoatda atsetonga sianid kislota taʼsir ettirib olinadi. Metakril kislota karboksilat kauchuklar, organik shisha poliakril yelimlar, ion almashinuvchi smolalar, metakrilatlar, poliakril kislota i. ch. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x