MELBURN

MELBURN — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Viktoriya shtatining maʼmuriy markazi. Port-Fillip qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1999); aholisining soni boʻyicha mamlakatda Sidneydan keyin 2-oʻrinda. Shaharga 19-a. ning 30-y. larida asos solingan va Buyuk Britaniya bosh vaziri nomi bilan Melburn deb atalgan. 1901—27 y. larda Avstraliya Ittifoqi poytaxti.

Melburn — mamlakatning muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning eng katta porti (yillik yuk ortib-tushirish 20 mln. t); chetga gʻalla, un, goʻsht, jun, meva chiqariladi, chetdan fosforit, neft keltiriladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: kemasozlik va kema taʼmirlash, avtomobilsozlik, stanoksozlik, q. x. mashinasozligi, toʻqimachilik, oziqovqat va koʻn-poyabzal. Neftni qayta ishlash, harbiy z-dlar bor. Shahar yaqinida qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. Un-t, Viktoriya Milliy muzeyi, Milliy galereya, Viktoriya kutubxonasi, konservatoriya, rasadxona, botanika bogʻi va b. bor. Melburnda 1956-y. da 16-Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x