FRIGIYA

FRIGIYA (Phrygia) — Kichik Osiyoning shim. gʻarbiy qismidagi qad. mamlakat. Aholisi mil. av. 15—13-a. larda Yevropadan koʻchib kelgan hindevropa kabilalari — frigiyaliklar. Frigiya mil. av. 13-a. da yunonlarga qarshi kurashda Troyata yordamlashgan. Mil. av. 10—8-a. larda poytaxti Gordion sh. boʻlgan podsholik vujudga kelgan. Mil. av. 546-y. forslar, mil. av. 333-y. Aleksandrta tobe boʻlgan. Mil. av. 133-y. F. ning bir qismi rimliklar qoʻl ostiga, sharqiy qismi Galatiya provinsiyasi tarkibiga oʻtgan. Vizantiya imperiyasi davrida Frigiya geografik va siyosiy mavqeini yoʻqotgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x