MAZUT

MAZUT (arab.) – neftdan 350-360° da qaynaydigan yonilgilar (benzin, ligroin, kerosin, dizel yonilgʻisi) ajratib olingandan soʻng qoladigan qora yopishqoq suyuklik. Tarkibiga koʻra, uglevodlar (mol. m. 400—1000), neft smolalari (mol. m. 500—3000), asfaltenlar, karbenlar, karboidlar va tarkibida metallar (V, Ni, Fe, Mg, Na, Ca) tutgan organik birikmalar aralashmasi. Mazutning fizikkimyoviy xossalari boshlangʻich neftning tarkibi va distillyat fraksiyalarining haydalish darajasiga bogʻliq. Zichligi 890—1000 kg/mh qotish t-rasi 10—40°, oltingu-gurt mikdori 0,5—3,5%, 0,3% gacha kul boʻladi. Surkov moyi va yonilgi Mazutga boʻlinadi. Surkov moyi Mazuti oʻz holida yoki boshqa neft maxsulotlari bilan aralashtirib, yonilgi Mazut esa bug qozonlarida va dvigatellarda ishlatiladi. Mazutning koʻp qismi kreking, kokslash yoʻli bilan yengil yonilgilar (motor yonilgisi) olish va bitum i. ch. ga sarflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x