MAJOR

MAJOR, majarlar — oʻzbek urugʻlaridan biri. Major 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Samarqand atrofidagi togʻ yon bagʻirlarida va Narpay arigʻi boʻylarida, Shahrisabz vohasida yashagan. 1924—26 y. lardagi aholi roʻyxatida 3 ming kishi boʻlganligi qayd etilgan. Bundan tashqari, oʻzbek saroylar (q. Saroy) tarkibiga kirgan urugʻlardan birining nomi Major (majorsaroy) boʻlgan. Baʼzi olimlar oʻzbeklar tarkibidagi Major larning ilk ajdodlari qadimdan Kama daryosi boʻylarida yashab, keyinchalik vengerlar etnogenezida muhim rol oʻynagan madʼyar qabilalari bilan aloqador boʻlsa kerak deb hisoblaydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x