MATEMATIKA INSTITUTI

MATEMATIKA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti — Oʻzbekistonda matematikaga oid tadqiqotlar olib boradigan va ularni muvofiklashtiradigan i. t. markazi. 1943-y. da Toshkentda tashkil etilgan, 1954-y. dan uning asoschilaridan biri V. I. Romanovskiy nomi bilan atala boshladi. Dastlab Matematika va mexanika in-ti deb nomlanib, mat., mexanika, nazariy geofizika, seysmologiya boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. 1964-y. da Matematika institutining boʻlimlari asosida Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Kibernetika instituti, seysmologiya instituti tashkil boʻldi. Hozirgi kunda Matematika institutida algebra va analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, hisoblash mat. kasi, matematik fizikaning noklassik tenglamalari, amaliy mat. boʻlimlari bor. In-tda 60 dan ortiq ilmiy xodim faoliyat koʻrsatadi. In-tda jahonga mashhur ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, xususiy hosila differensial tenglamalar, funksional analiz ilmiy maktablari yaratilgan. Bu maktablarning tashkil boʻlishi va rivojlanishiga akad. V. I. Romanovskiy, T. A. Sarimsokov, S. H. Sirojiddi-nov, I. S. Arjanix hissa qoʻshgan boʻlsa, hoz. kunda akad. T. J. Joʻrayev, M. S. Salohiddinov, Sh. A. Ayupov, T. A. Azlarov, Sh. Q. Farmonovlar ularning davomchilari. In-tda 40 dan ortiq fan d-ri, 300 dan koʻproq fan nomzodlari tay-yorlangan. In-t xodimlarining tadqiqotlari 75 monografiya, 130 ilmiy toʻplamlarda, 10 dan ortiq darsliklarda, shuningdek, mamlakatimizdagi va xorijdagi obroʻli ilmiy jur. larda bosilgan koʻplab maqolalarida aksini topgan.

Matematik olimlar ishlarini yorituvchi «Oʻzbek matematika jurnali» in-t tomonidan nashr qilinadi, maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan «Fizika, matematika va informatika» ilmiyuslubiy jurnali in-t otaligida chop etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x