MARTINOVA Nina Ivanovna

MARTINOVA Nina Ivanovna [1905.17(30).9, Dnepropetrovsk — 1977.16.8, Moskva] — aktrisa va rej. Oʻzbekiston xalqartisti (1950). A. Lunacharskiy nomidagi teatr sanʼati intini tugatgan (1928). Boku, Tbilisi, Kiyev teatrlarida ishlagan. 1941—43 y. lar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida, 1944—64 y. lar Samarqand rus drama teatrida aktrisa. Martinova yaratgan lirik qahramonlarda ayollarga xos nafosat metin xarakter bilan uygʻunlashib ketgan. Eng yaxshi rollari: Nina («Maskarad»), Jessi («Rus masalasi»), Dezdemona («Otello»), Ofeliya («Hamlet»), Lyubov Yarovaya («Lyubov Yarovaya»), Xosiyat («Paranji sirlari»), Anna Karenina («Anna Karenina»), Frau Alving («Arvoh») va b. Rej. sifatida «Doʻst — oʻrtoklar haqida» (V. Mass), «Bir stakan suv» (E. Skrib), «Akllilik balosi» (A. Griboyedov), «Oʻzganing soyasi» (K. Simonov) kabi asarlarni sahnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x