MARGʻIYONA

MARGʻIYONA (yun., qadimgi forscha Margush, Avestoda — Mouru, oʻrta forschada — Marv) — Oʻrta Osiyodagi katta tarixiy madaniy viloyat. Murgob daryosining oʻrta oqimidagi hududlar va Marv vohasi (Turkmaniston)dan iborat boʻlgan. Margʻiyona hududida — eneolit davrida ibtidoiy odamlar yashagan. Mil. av. 2-ming yillik boshlarida Murgʻobning yuqori havzasida qad. dehqonchilik markazi (Kallali vohasi) vujudga kelgan, bu yerda atrofi minorali mudofaa devori bilan oʻralgan yirik qishloqlar paydo boʻlgan. Ilk temir davri (mil. av. 1ming yillik boshlarida viloyatni oʻzlashtirish davom etgan. Yirik sugʻorish tizimlari barpo qilingan, sunʼiy baland tepaliklar ustiga qurilgan qoʻrgʻon (qalʼa)li qishloqgsar paydo boʻlgan (Yoztepa, Arvalitepa), ular kichik mulklarning markazi sanalgan. Mil. av. 1ming yillik oʻrtasida viloyat markazi jan. ga, Erkqalʼa va Gabr qalʼa oʻrniga koʻchgan, bu yerda Margʻiyonaning poytaxt shaxri — qad. Marv bunyod etilgan. Margʻiyonani Axomaniylar davlati tomonidan bosib olinishi (mil. av. 6-a. 2-yarmi) Frada boshchiligidagi Martena qoʻzgʻoloninn keltirib chiqargan. Qoʻzgolon Doro hukmronligi (mil. av. 521—486)ning dastlabki yillarida ayovsiz bostirilgan. M. Baktriya satrapligi tarkibiga kiritilgan. Mil. av. taxm. 329-y. M. Aleksandr tomonidan bosib olingan. Aleksandr bu yerda (Gabr qalʼa oʻrnida) Aleksandriya sh. ga asos solgan. Mil. av. 4-a. oxiridan mil. av. 3-a. oʻrtalarigacha Margʻiyona Salavkiylar davlatiga tobe boʻlgan. Viloyat markazi qilib Margʻiyonadagi Antioxiya sh. olingan. Yunon-Baqtriya podsholigi barpo etilgach, Margʻiyona maʼlum vaqt uning satrapiyalaridan biri boʻlgan. Mil. av. 2-a. ning 2-yarmida Margʻiyona Parfiya tarkibiga kirgan. Mil. 1-a. ning 2-yarmidan — 3-a. boshigacha bu yerda mahalliy shoh Sanobarning avlodlari sulolasi qaror topgan. Mil. 3-a. 2-choragidan — 4-a. oʻrtasigacha Margʻiyona Sosoniylar davlatita boʻysungan. 651-y. M. ni arablar fath etgan.

Ad. Avesto [Yashtkitobi] (Isʼhoqov M. tarjimasi), T., 2001; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Sagdullayev A., Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x