“Markaz”lar


Post Views:
134

«MARKAZ» – turar joy massivi. Loyihalashtirilgan markaziy hudud tarkibiga kiradi. Shahar markazi bo‘ylab joylashgan, «M» (markaz) indeksli mikrorayonlardan tashkil topgan. Loyihalash va qurilish ishlari 1966 yil boshlangan. Loyiha mualliflari: L.Adamov, S.R.Odilov, A.Vanke, R.Zubova va boshqalar. Me’morlik-planlashtirish yechimining asosi: shaharni planlashtirish bilan bog‘liq holda loyihalashtirilgan markaziy rayonning zamonaviy tuzilmasini tashkil etish; eski va yangi shahar markazlarini birlashtirish; aholiga har tomonlama xizmat ko‘rsatishning yaxlit sistemasiga asoslangan jamoat binolari kompleksini yaratish; transport va turar joy hududlarini bo‘lib chiqishdan iborat. «Markaz»da 4, 5, 9, 12, 16, 20 qavatli turar joy binolari qurilgan. «Markaz» doirasida «Alisher Navoiy», «Fafur Fulom», «Tinchlik», «Paxtakor», «Minor», «Amir Temur», «Hamid Olimjon», «Abdulla Qodiriy» metro bekatlari joylashgan.

Asrlar davomida shakllangan mahallalar o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurish jarayonida loyihadagi bo‘laklarga shartli ravishda tartib raqami berildi va ular keyinchalik joy nomi bo‘lib qoldi. Shaharliklarning talab-istaklarini inobatga olib shahar joy nomlari bo‘yicha Atamalar komissiyasi «Markaz»ga tegishli quyidagi tarixiy nomlarni tiklashga qaror qildi: Markaz-4 «Qashqar», Markaz-15 «Jangoh», Markaz-16 «Labzak», Markaz-18 «Sebzor», Markaz-19 «Kaykovus», Markaz-26 «Gulobod», Markaz-27 «Bog‘ko‘cha», Markaz-28 «Ko‘kcha Darvoza» dahalari deb ataldi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/markaz-lar-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x