Kutubxonalar. Muhammad Yusuf nomidagi Andijon viloyat bolalar kutubxonasi


Post Views:
155

Muhammad Yusuf nomidagi Andijon viloyat bolalar kutubxonasi 1964 yilda tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 7000 nusxadan iborat bo‘lgan.

1983 yil iyun oyida kutubxona uchun zamonaviy ikki qavatli bino qurilib foydalanishga topshirilgan.

Kutubxona asosan maktabgacha tarbiya va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga hamda ularning o‘qishiga rahbarlik qiluvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Maktabgacha tarbiya yoshidagi va 1–4-sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish, 5–9-sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik bo‘limlari, shuningdek, Nogiron bolalar o‘quv axborot markazi hamda Ko‘rgazma zali, Tadbirlar zali, San’at zali va qiroatxona mavjud.

Hozirgi kunda kutubxona fondi 106 ming nusxadan ortiq bo‘lib, viloyatdagi 66 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 iyuldagi qaroriga asosan kutubxonaga O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomi berilgan.

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-muhammad-yusuf-nomidagi-andijon-viloyat-bolalar-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x