MARKAZIY OSIYO HAMKORLIK VA TARAQQIYOT BANKI (MOHTB) – Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishga yordam koʻrsa-tuvchi xalqaro bank. 1994 yil 8-iyulda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikalari oʻrtasida «Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qoʻshma kelishuvga asosan taʼsis etilgan. Taʼsischilari Oʻzbekiston, Krzogʻiston, Qirgʻiziston hukumatlari. 1998-y. da davlatlararo kengashning qarori bilan Tojikiston Respublikasi ham bank taʼsischilari sifatida aʼzo qilib olindi. Bankning ustav kapitali 12 mln. AQSH dollari. Markaziy Osiyo Hamkorlshi tashkiloti katnashchilari boʻlgan mamlakatlar Bosh vazirlari kengashining 1997-y. 14-martdagi qarori asosida 1997-y. okt. oyida Toshkentda MOHTB ning shoʻba banki ochildi. Bank zimmasiga OʻzR hududida respublika hukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni ham qoʻshib, investitsiya loyihalarini moliyalash vazifasi yuklatilgan. MOHTB Olmaota sh. dagi Bosh bank xamda Toshkent va Bishkek sh. laridagi shoʻba banklardan iborat.
Toshkent MOHTB shoʻba banki oʻz faoliyati davomida uyali va xalqaro rouming alokalarini rivojlantirish dasturi boʻyicha «Koskom» qoʻshma korxonasini 1 mln. AQSH dollari mikdorida mablagʻ bilan taʼminladi. Bundan tashqari, ipakni qayta ishlaydigan «Adeliyabaxt» aksiyadorlik jamiyatiga 98 ming, kabel mahsulotlari ishlab chikaradigan «Spektr» qoʻshma korxonasiga 473,3 ming AQSH dollari miqsorida mablagʻ ajratilgan. Shoʻba bank bilan xorijiy Dresdner Bank AG va Commers Bank AG oʻrtasida vakillik munosabatlari oʻrnatilgan. Shoʻba bankning ustav kapitali 4275 mln. soʻm, majburiyatlari 996 mln. soʻm, daromadi 1442 mln. soʻm (2003-y. 1 yanv.).
Shavkat Gʻiyosov.