PERSONAJ

PERSONAJ (lot. persona — shaxs) — sanʼat va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs. P. lar asar voqealarida qatnashuvi, tasvirlanishi va umumlashtirilishi darajasiga koʻra asosiy Personajlar, yordamchi Personajlar, epizodik Personaj larga boʻlinadi. Badiiy asar voqealarining boshidan oxirigacha faol qatnashgan va yozuvchining asosiy gʻoyaviyestetik niyatini tashuvchi shaxslar asosiy Personajlar hisoblanadi. Ular asarning bosh qahramoni deb ataladi. Barcha voqealarda toʻla qatnashmasada, yozuvchining gʻoyaviy niyatini toʻlaroq ochishga xizmat qiladigan faol obrazlar yordamchi Personaj lardir. Asarning makrostrukturasida yanada kamroq qatnashadigan shaxslar epizodik Personaj boʻlib qolaveradi. Epizodik Personajlar asosiy qahramon tabiatidagi muhim xususiyatlarni ishonarli yoritishga xizmat qiladilar.

Yozuvchi munosabatiga qarab Personajlar ijobiy yoki salbiy shaxslar tarzida tasvirlanadi. Badiiy asarda bunday qaramaqarshi qahramonlarning ifo-dalanishi adabiyotning azaliy muammosi boʻlmish hayotning yaxshilik va yomonlikdan iborat ekanligiga ishoradir. Personajlar orqali hayot hodisalari turli darajada ifodalanadi. Chukur va mukammal tasvirlangan, umumlashtiruvchi kuchga ega boʻlgan Personaj tip darajasiga kutariladi. Tip badiiy asarda ishtirok etuvchi Personaj larning eng oliy choʻqqisini egallaydi. Tipga kura, kamroq umumlashma quvvatiga ega P. lar obraz yoki xarakter deb yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x