PETROPAVLOVSK KALʼASI

PETROPAVLOVSK KALʼASI (rasmiy nomi Sankt-Peterburg qalʼasi; 1914 — 17 y. lar Petrograd qalʼasi) — Sankt-Peterburgda, Zayachye o. dagi qalʼa. 1703-y. 16. (27) mayda asos solingan. Pyotr I tuzgan loyiha asosida dastlab loy va yogʻochdan qurilgan, 18-a. ning 30—40-y.

lari tosh bilan qoplangan. 6 bastion oʻzaro devorlar bilan tutashtirilgan. Bastion devorlarining bal. 10—12 m, kengligi 20 m. P. q. dan qamoqxona sifatida foydalanilgan. Hozir muzey. Petrovskiy va Nevskiy darvozalari, Petropavlovsk sobori, kronverk, zarbxona va b. muhta-sham binolar Petropavlovsk kalʼasining tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari hisoblanadi. Petropavlovsk kalʼasida Pyotr 1 va b. rus imperatorlarining kab-rlari bor. Qalʼadagi imoratlar, sagana toshlari klassitsizm uslubida ishlangan. Bayram kunlari Narishkin bastio-nida toʻp otiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x