MARATHIY

MARATHIYmarathalar tili. Hindistonning Maharashtra shtati aholisining rasmiy tili, shu davlatning asosiy adabiy tillaridan hisoblanadi. Hind-Yevropa tillari oilasining hindoriy guruhiga mansub. Bu tilda 60 mln. ga yaqin kishi gaplashadi (1990). Hoz. Marathiy tili 3 (deshiy, konkamiy va sharqiy) shevaga boʻlinadi. Adabiy tiliga deshiy shevasi asos boʻlgan. Alif-bosi devanagariy yozuvida. Marathiy tilining tarixi 13-a. da yaratila boshlanib, 19-a. da adabiy til sifatida shakllangan. Boshqa hind-oriy tillariga nisbatan qad. holatdagi 3 xil (jinsrod)ni saqlab qolgan hamda «S» va «Dz» kabi tish oldi affrikatlariga ham ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x