MARANYAN

MARANYAN — Braziliyaning shim.gʻarbiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 333,3 ming km2. Aholisi 5,63 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — San-Luis sh. M. hududi Braziliya yassitogʻligining shim. kismi va sohilboʻyi allyuviy pasttekisligidan iborat. Ikdimi sernam, subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra San-Luis sh. atroflarida 21—3 G, yillik yogin 1900 mm gacha, jan.-sharqiy qismida 650— 1000 mm, sent.-noyabr oylari kurgʻoqchil. Oʻsimligi yassitogʻlarda kserofil butalar va siyrak oʻrmonlar, pasttekislik qismida qimmatbaho daraxt turlariga boy sernam ekvatorial oʻrmonlardan iborat. Maranyan xoʻjaligining asosini yirik dehqonchilikka asoslangan q. x. tashkil etadi. Dehqonchilik, asosan, shim., sohilboʻyi hududlar va daryo vodiylarida rivojlangan. Asosiy ekinlari — paxta, shakarqamish, tamaki, sholi. Shuningdek, makkajoʻxori, maniok, dukkaklilar ekiladi. Qoramol, choʻchqa, echki va qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda palma yongʻogʻi, kokos yongʻogʻi va b. yigiladi. Yirik shakar z-dlari va toʻqimachilik korxonalari mavjud. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Alkantara sh. yaqinida dengiz suvidan tuz olinadi. Yirik porti — San-Luis.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x