MARAKAYBO NEFT-GAZ HAVZASI

MARAKAYBO NEFT-GAZ HAVZASIVenesuela shim.-gʻarbi va Kolumbiya shim.-sharqida hamda Marakaybo koʻli va Venesuela qoʻltigʻida joylashgan dunyoda eng yirik havzalardan biri. Mayd. 90 ming km2 ga yaqin, shuning 1/3 qismi suv havzalariga toʻgʻri keladi. Neftni sanoat miqiyosida chiqarib olish 1917-y. dan boshlangan. Gaz, asosan, neft tarkibida erigan holda mavjud. Neftning dastlabki aniqlangan zaxirasi 7 mlrd. t atrofida, gazniki 1,7 trln. m3 boʻlgan. Ochilgan konlar orasida eng ulkan guruhi sohildengiz va koʻl zonasiga toʻgʻri keladi. Neftli gorizontlar butun kesma boʻyicha tarqalgan. Neft uyumlari, asosan, 1000 m chuqurlikda miotsen va eotsen yotqiziqlari orasida yotadi, asosan, ogʻir va yopishqoq. Bu havzadan Venesuelada olinayotgan neftning 3/4 qismi olinmoqda. Neft quvurlar orqali bevosita qayta ishlovchi z-dlar va tashqariga chiqarish uchun portlarga joʻnatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x