MANGʻITLAR

MANGʻITLARBuxoro amirligini boshqargan sulola (1757—1920). Uning vakillari mangʻit qabilasiga mansub boʻlganlar. Ashtarxoniylar sulolasi oʻrniga kelgan Muhammad Rahimnit taxtga rasman oʻtirishi (1756-y. 16 dek.) Dan boshlangan. Uning vafotidan soʻng taxt vorisi etib Fozil toʻra (qizining oʻgʻli), keyin Ubaydullaxon tayinlangan boʻlsada, davlatni amalda amakisi Doniyolbiy otaliq (1758—85) boshqargan.

Keyingi mangʻit hukmdorlari: Shohmurod (1785-1800), Haydar (1800-26), Nasrullaxon (1826—60), Muzaffar (186085), Abdulahad (1885-1910), Olimxon (1910—20).

Amir Shohmurod Zarafshon vodiysi, Amudaryo va Qashqadaryodagi sunʼiy sugʻorish tizimini qayta tikladi. Buxoro aholisini bojdan, hunarmandlarni kundalik yigʻimlardan, mehnat majburiyatidan va solikdan ozod etuvchi tarxon yorligʻini berdi. Xiroj va nikoh puli, tarozi haqi va b. kamaytirildi. Sud tizimi qayta tuzildi. Davlat hokimiyati mustahkamlandi. Amir Haydar davrida oʻzaro urushlar kuchaydi. U Amudaryoning jan. sohili, yuqori Zarafshon, Shahrisabz va Mi-yonqolni saqlab qolish uchun kurash olib bordi. Nasrullaxon mamlakatdagi tarqoqlikni tugatish uchun kurashdi. Yarim mustaqil va kuchli Shahrisabz va Kitob bekliklari boʻysundirildi. Koʻqon xonligi tobe etildi. Amir Muzaffar davrida esa Buxoro amirligi Rossiya tomonidan istilo etildi. Amir Abdulahad va Amir Olimxon huk-mronligi vaqtida Buxoroda rus pod-sho hukumatining mavqei mustahkamlandi. Buxoro bosqinissh keyin tuzilgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgach, Mangʻitlar sulolasi tugatildi. Ad.: Mirza Abd-al-Azim Sami, Tarix-i salatin-i mangitiya, Mangʻitlar, 1962; Traktat Axmada Danisha, Istoriya mangыts-koy dinastii, per. i predisl. I. A. Nadjafovoy, Dushanbe, 1967.

Naim Norqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x