Manzura — Afsusdaman

Afsusdaman, afsusdaman,
Bir qushchaman, afsus, afsus.

Shahar shovqinida
Kezaman ko’chalarni yolg’iz.
O’tar kecham, o’tar kunduz,
Lekin ular bema’nodir sensiz.

Sokinlik cho’madi,
Atrofimni ko’madi hijron,
Aloqalar uziladi,
Taqdirimiz kechmas ekan oson.

Ko’nglim senda edi,
Bardoshim qolmadi.

Afsusdaman, aytgan so’zlarimdan o’zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Bir qushchaman, sen tomonga yo’q parvozim,
Afsus, afsus, afsusdaman.

Afsusdaman, aytgan so’zlarimdan o’zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Yomg’irlarday to’kilar ko’zimdan yoshim,
Afsus, afsus, afsusdaman.

Foydasiz va’dalar,
Samimiy sevaman desang bas,
Bu so’zlaring yuragimda,
Masofani his etmay bir nafas.

Xatolardan qochib,
Sevgingdan izlagandim panoh,
Sendami yo menda gunoh?
O’ylanib qolarman nogoh.

Ko’nglim senda edi,
Bardoshim qolmadi.

Afsusdaman, aytgan so’zlarimdan o’zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Bir qushchaman, sen tomonga yo’q parvozim,
Afsus, afsus, afsusdaman.
Afsusdaman, aytgan so’zlarimdan o’zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Yomg’irlarday to’kilar ko’zimdan yoshim,
Afsus, afsus, afsusdaman. (x1+x1)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x