MANSABDOR SHAXS USTIDAN SHIKOYAT

MANSABDOR SHAXS USTIDAN SHIKOYAT — fuqarolarning oʻz buzilgan huquq va erkinliklarini tiklab olishni talab qilib yuqori organ yoxud mansabdor shaxs yoki sudga murojaat qilish huquqi. Bunday huquq OʻzR Konstitutsiyasida kafolatlangan (44modda). Bu konstitutsiyaviy normaning rivoji sifatida «Fuqarolarning huquklari va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida» (1995-y. 30 avg.) va «Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida» (2002-y. dek.) qonunlar qabul qilingan. Qonunga koʻra, OʻzR fuqarolari davlat organlariga, mansabdor shaxslarga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilishlari mumkin. Xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OʻzR davlat organlariga qonunga muvofiq murojaat qiladilar. Tobelik tartibida yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxs shikoyatni 1 oylik muddatda koʻrib chiqishi shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan yoki fuqaro 1 oy muddat mobaynida oʻz shikoyatiga javob olmagan boʻlsa, u sudga murojaat qilishga haqli. Shikoyatni fuqaro yoki uning vakili, shuningdek, fuqaroning iltimosiga koʻra, jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakolatli vakili berishi mumkin. Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab u yashaydigan joydagi sudga yoki davlat organi joylashgan yerdagi yoxud mansabdor shaxsning ish joyi hududidagi sudga beriladi. Harbiy xizmatchilar oʻzlarining huquq va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xattiharakatlari ustidan shikoyat bilan harbiy sudga, shuningdek, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga murojaat qilishga haqli.

Mirzayusuf Rustamboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x