MANITUVEYJ

MANITUVEYJ — Kanadaning Ontario provinsiyasidagi kolchedanli kumushmisrux rudalari konlari guruhi. Yuqori koʻldan shim. da joylashgan. 1950-y. dan Geko va Uaylroy konlaridan, boshqa konlardan 1964-y. dan qazib olinadi. Ruda maydoni arxey davrining amfibolit va kristalli sla-neslari, shuningdek, ularni yorib oʻtgan metamorfiklashgan gabbrodiabaz jinslaridan tuzilgan. Qatlam va linza shakllaridagi ruda tanalari kristallik slaneslar va amfibolitlar orasida deyarli gorizontal holatda joylashgan. Rudadagi asosiy minerallar: pirit, pirrotin, sfalerit; qolgani — xalkopirit, galenit; norudasi — kvars. Razvedka qilingan ruda zaxirasi 40 mln. t dan ziyod. Ruda tarkibidagi Zn 3,7 —4,6%, Si 1,9 —2,1%, Sn 0,32%; Ag 55 —69 g/t. Ruda karyer usulda va yer ostidan qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x