MANIFA

MANIFA — dunyoda eng yirik dengiz osti neft konlaridan biri, Fors qoʻltigʻi sayozligida, Manifa sh. dan shimolda joylashgan. Saudiya Arabistoniga qarashli hududda. Fors qoʻltigʻi neftgazli havzasiga mansub. 1957-y. da ochilgan, 1964-y. dan neft olinadi. Dastlabki zaxirasi kariyb 1,3 mlrd. t. Neft saklovchi qatlamlar gumbazsimon koʻtarilgan. Quyi boʻr va yuqori yura karbonatli yotqiziqlari mahsuldor. Neft qatlamlari oʻrtacha 2,3 — 2,8 km chuqurlikda yotadi. Boshlangʻich qatlam bosimi 35 MPa. Dastlabki zaxirasi 1216 mln. t. Neftning zichligi 0,88 g/ sm3, qovushqoqligi 9,8 MPa-s. Tarkibida 2,7% oltingugurt bor. Neft tabiiy bosim ostida chiqadi va quvurlar orqali Ras-Tannura porti (Saudiya Arabistoni) ga haydaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x