MANSABDORLIK JINOYATLARI

MANSABDORLIK JINOYATLARImansabdor shaxs tomonidan uning mansab vakolati bilan belgilangan majburiyatlarini buzishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun b-n qoʻriklanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamiyat manfaatlariga koʻp mikdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi (koʻp miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarardir. Jiddiy ziyon — yetkazilgan moddiy ziyonning xususiyati, maʼnaviy ziyonning ogʻirligi, jabrlangan shaxslar soni va sh. k. holatlar hisobga olingan holda aniqlanadi). Mansabdorlik jinoyatlari davlat hokimiyati, davlat xizmati, mahalliy hokimiyat va oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining normal fa-oliyatiga tajovuz qiladi. Mansabdorlik jinoyatlari mansabdor shaxsning mansab vakolatlari bilan belgilangan imkoniyatlardan foydalanib biror bir harakatni, oʻz manfaatini koʻzlagan holda bajarishi yoki bajarmasligi yoxud oʻz vazifa va maj-buriyatlariga sovuqqonlik bilan munosabatda boʻlishi orqali sodir etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi JKda fukarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi, saylov yoki referendum oʻtkazish bilan bogʻliq qonun hujjatlarini, ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, mansab vazifalariga nisbatan loqaydlik b-n munosabatda boʻlish, hokimiyat harakatsizligi, poraxoʻrlik, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, sud qarorini bajarmaslik, qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish, koʻrsatuv berishga majbur qilish va sh. k. uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mansabdorlik jinoyatlarining ijtimoiy xavflilikdarajasi nihoyatda yuqoridir. Bunday jinoyatlarni sodir etish fuqarolarning qonuniy haq-xuquklarini buzishga, davlat va jamoat manfaatlariga ziyon yetkazilishiga olib keladi. Bu esa davlat hokimiyati organlarining fa-oliyatiga, davlatga hurmatsizlik, ishonchsizlik hissini paydo qiladi. Mirzayusuf Rustamboyev.

MAHCAP (Mansart) Fransua (1598.23.1 – Parij – 1666.23.9) – fransuz meʼmori. 17-a. klassitsizmining dastlabki namoyandalaridan. M. Blua (1635—38), Mezon (1642—50) saroylarini, Parijdagi Mazarini galereyasi (1644, hoz. Milliy kutubxonaning bir qismi), Val de Graye ibodatxonasi (1645—46, J. Le-Mersye ni-hoyasiga yetkazgan), «Karnaval» mehmonxonasi kabi binolar loyihasini yaratgan. Mansabdorlik jinoyatlari ijodi Uygʻonish davri milliy meʼmorlik anʼanalari taʼsirida shakllandi. U yaratgan binolar mujassamotining koʻrkamligi b-n koʻzga tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x