MANFIY TEMPERATURA

MANFIY TEMPERATURA — oʻzgarmas umumlashgan koordinata f. da ichkin energiya Ye oʻzgarishiga qarab entropiya S oʻzgarishi manfiy («^ZT/ statistik fizika va kvant mexanika qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Manfiy temperatura li tizimni 1951-y. da amerikalik fiziklar Ye. Parsell va R. Paund kuzatganlar. Agar kristall kuchli magnit maydonga joylashtirilsa, yadro spinlari qisman maydon yoʻnalishi boʻyicha yoʻnaltiriladi. Bunda t-ra ortishi bilan yoʻnaltirilish kucheizlanadi va yetarli darajada yuqori t-ra (T—>+°°) da kuchli maydon bulsada, yoʻnaltirilish yoʻqoladi va tizim chegaralangan katta energiya zaxirasiga ega boʻladi. Chegaralangan energiya qiymatidan kattaroq energiyani tizimga kiritish davom ettirilsa, hamma yadro spinlar yoʻnalishi maydon yoʻnalishiga qarama-qarshi boʻlgan holat yuzaga keladi. Bu holat Manfiy temperatura li boʻladi. Manfiy temperatura li tizim sunʼiy holda olinadi. Mutlaq nol t-raga erishish mumkin emasligiga asoslanib, t-ra shkalasini quyidagi sxema boʻyicha ifodalash mumkin: +0K, +1, +2, …, – >, – ~,…, – 2, – 1K. Bu yerda mil traning ortish yoʻnalishini koʻrsatadi. Jism T=+0K da oʻta sovuq, T=—0K da oʻta issiq boʻladi. Manfiy temperatura tushunchasi radiofizikada kup uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x