MAMBETOVA

MAMBETOVA Suluvxon (1933.1.1, Chimboy) — qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi. Qoraqalpogʻiston (1963), Uzbekiston (1969) xalq artisti. Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtining vokal boʻlimini tugatgan (1967). Chimboy tuman teatri aktrisasi (1948 — 50), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat filarmoniyasi (1950—67), Qoraqalpogʻiston radio va televideniyesining xalq cholgʻulari orkestri (1967-y. dan) yakkaxon xonandasi. Shirali, ifodaviy imkoniyatlarga boy ovoz sohibasi. Repertuaridan qoraqal-poq xalq qoʻshiqlari, «Alpomish», «Gʻarib oshiq», «Sayotxon Hamro» kabi dostonlardan parchalar («Miyan koʻl», «Bibisanam», «Tog orasida», «Eshboy», «Muxalles», «Sanam keldi» va b.), zamonaviy qoʻshiqlar («Quvontirar meni», «Yangajon», «Dutorim mening», «Oltin qoʻllar», «Intizoringman» va b.), qoraqalpoq kompozitorlari asarlari (A. Sultonov, «Gong shamollari»; X. Turdikupov, «Doʻstimga», «Shodlik sozi»; «Qadringni bil», «Boʻlmasa» va b.), shuningdek, oʻzbek (Sayfi Jalil, «Noz etma»; M. Mirzayev «Ey, Vatan», «Sochlarim tolimtolim» va b.), turkman («Avezim», «Goʻroʻgʻli» dostonidan) va b. xalqlar qoʻshiqlari oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x