MAMLAKATNI HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QILISH QOʻSHINLARI

MAMLAKATNI HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QILISH QOʻSHINLARImamlakat hududini havo hujumidan mudofaa qilish maqsadida tuziladi. Qoʻshinning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi aviatsiyaning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Aviatsiyadan harbiy maqsadda foydalanish unga qarshi kurashuvchi maxsus qoʻshin tuzish zaruratini keltirib chiqardi. Natijada 1913-y. Fransiyada, 1914-y. Rossiya va Germaniyada havoga qarata otadigan qurollar paydo boʻldi. Keyinchalik dushman aviatsiyasiga qarshi aerostatlar, qiruvchi samolyotlar vujudga keldi. Mac, Rossiyada (1917-y. okt. da) bir necha zenit batareyalari tuzildi. Mamlakatning yirik markazlarini havo hujumidan mudofaa qilish prinsipi ishlab chiqildi.

1950-y. larning oʻrtalarida qurolli kuchlarda yadro qurolining paydo boʻlishi, raketasozlik va aviatsiyaning rivojlanishi natijasida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlarining taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Qoʻshinlar yangi jangovar texnika bilan qurollantiriddi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida bu qoʻshin 1992-y. 14 fev. da tuzildi. Bu qoʻshinlar oʻz jangovar vazifalarini Qurolli Kuchlarning boshqa turlari bilan mustahkam aloqada turib amalga oshiradilar. Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari tarkibiga zenitraketa, aviatsiya va radiotexnika qoʻshinlari hamda turli maqsadda tuzilgan maxsus qoʻshinlar kiradi. Bu koʻshinlar tashkiliy jihatdan qoʻshilma, qism va boʻlinmalardan hamda front orqasi qismlaridan iboratdir. Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari aviatsiyasi tovushdan tez uchadigan hamda raketa qurollari b-n jihozlangan qiruvchi samoletlarga ega. Radiotexnika qoʻshinlari esa zamonaviy radiolokatsion st-yalar bilan qurollangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x