MANAUS

MANAUS — Braziliyaning shim. dagi shahar, Riu-Negru daryosining Amazonka daryosiga quyilish joyida. Shahar tropik oʻrmonlar orasida joylashgan. Amazonas shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,4 mln. kishi (2000). Braziliya Amazoniyasining muhim iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Amazonka daryosi boʻyida dengiz kemalari kira oladigan port mavjud, chetga kauchuk, braziliya yongʻogʻi, kakao, qimmatbaho yogʻoch va b. chiqariladi. Yogochsozlik, toʻqimachilik (jut), oziqovqat, tamaki sanoati korxonalari bor. Kauchuk qayta ishlanadi, qurilish materiallari tayyoralanadi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlanmoqda. Geogr. va Amazoniya tarixini oʻrganish in-ti, Filol. akademiyasi, un-t, botanika bosh, muzey bor. Shaharga 1669-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x