MAMARASULOV

MAMARASULOV Sayd (1943.1.5, Jizzax tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent ped. in-tini tugatgan (1969). 1969-y. dan Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 7maktabda, 1976-y. dan Jizzax sh. dagi 6maktabda mat. oʻqituvchisi. U test savollari asosida oʻquvchilar bilimini aniqlash, yangi pedagogik texnologiyani oʻquv jarayoniga joriy etish, oʻquvchilarni baholashda reyting usulidan foydalanishga ahamiyat beradi. Pedagogik faoliyati davomida oʻquvchilari b-n birga 2000 dan ortiq koʻrgazmali qurollar tayyorlagan, maktab mat.informatika xonasini yangicha talablar asosida jihozlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x