MALYUS QONUNI

MALYUS QONUNIyorugʻlik qutb lovchi asbob (analizator) dan oʻtganda chiziqli yorugʻlik intensivligining oʻzgarishi qonuni. Tushayotgan yorugʻlikning qutb tekisligi va qutblovchi as-bobning qutblash tekisligi orasidagi burchak a ga nisbatan yorugʻlik intensivligi har xil oʻzgaradi. Malyus qonuni 1810-y. da fransuz fizigi E. Malyus (1775—1812) kashf qilgan. Qutb tekisliklari (yorugʻlik va asbob) orasidagi burchak a, analizatorga tushayotgan chiziqli yorugʻlik intensivligi /0 boʻlsa, analizatordan chiqayotgan yorugʻlik intensivligi Malyus qonuniga asosan / = /ccos2 a boʻladi. Yorugʻlik intensivligini oʻlchaydigan asbob va qurilmalar Malyus qonuni asosida ishlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x