MALAKA

MALAKA — 1) psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni ba~ jarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi. Harakatning qisman gʻayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat uzgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari oʻzgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli boʻladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi. Buning natijasida topshiriq ravon, ortiqcha kuch sarflamay, tez va sifatli bajarila boradi. Mas, tajribali mashinkada yozuvchi klavishlarga karamasdan yozaveradi. Malaka hosil kilish tezligi uning murakkablik darajasi, kishining yoshi, individual xususiyati, bilimi va b. omillarga bogʻliq. Kishidagi Malaka, koʻpincha, boshqa Malaka hosil boʻlishida yordam beradi. Mas, avtomobil haydashni yaxshi bilgan kishi traktor va b. mashinalarni haydashni ham osonlik bilan oʻrganadi. Bunday holat Malakaning koʻchishi de-yiladi. Baʼzi hollarda esa mavjud Malaka boshqa Malakalar hosil boʻlishiga xalaqit beradi. Bu M. ning interferensiyasi deyiladi. Uzoq mashq qilmaslik va organizmning normal boʻlmagan holatlari (kasallik, qattiq charchash, hayajonlanish va b.)da Malaka yoʻqolishi mumkin. Bu sabablar bartaraf etilishi bilan Malaka yana tiklanadi;

2) Malaka HUQU QDa — ishni bajarish uchun qanday kasb qay saviyada egallaganligini koʻrsatuvchi daraja. Mehnat krnunchiligida ish Malakasi va ayrim xodimlar Malakasi degan turlarga boʻlinadi. Odatda, xodimlarning Malaka siga qarab ularga biror tarif razryadi beriladi. Tarif razryadi xodimning muayyan ish turiga layoqatli ekanligini tasdiklaydi. Davlat korxonalari, tashkilotlari va mu-assasalarida tarif stavkalari va mansab maoshlarini belgilaщda Malaka razryadi muhim ahamiyatga ega. Mac, ishbay ishlovchi xodimlarning mehnatiga ish Malakasi boʻyicha, yaʼni shu ish uchun uning murakkabligini hisobga olib belgilangan baholar boʻyicha haq toʻlanadi. Ishbay ishlovchi xodim vaqtincha ish beruvchi tashabbusi bilan pastroq razryadli ishni bajarsa, u ish haqining av-valgi razryadi b-n bajarilgan ish razryadi oʻrtasidagi farqni olishga haklidir (Oʻzbekiston Respublikasi MK 95—modda).

Xodimlar Malakasi maxsus Malaka komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda xodimlarning muayyan bir ish turini bajarayotgandagi shaxsiy bilimlari va mahorati asosida razryad, kategoriya yoki diplom beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x