MAKARON SANOATI

MAKARON SANOATI — oziq-ovqat sanoatining makaron mahsulotlari tayyorlovchi tarmogʻi. Makaron mahsulotlari maxsus makaronbop un (tarkibida kamida 28—30% li kleykovina boʻlgan oliy va 1navli nonbop un)dan tayyorlanadi. Makaron mahsulotlari tayyorlashda makaron xamiriga boyituvchi kushimcha mahsulotlar (tuxum, qaymogi olinmagan quritilgan sut va b.) qushiladi. Makaron mahsulotlarining oziqaviy isteʼmol afzalligi shundaki, u fizik-kimyoviy tarkibini yoʻqotmasdan koʻp vaqt sak^panishi mumkin, suv tortmaydi, tashishga qulay, undan tez vaqtda turli taom tayyorlash mumkin, tarkibidagi uglevod modlalar inson aʼzolariga tez hazm boʻladi. 14-a. ning oʻrtalarigacha makaron mahsulotlarini tayyorlash, asosan. uy sharoitlarida amalga oshirilgan. 14-a. oxiriga kelib. Italiyada oddiy uskunalar bilan jihozlangan iyexlarda makaron mahsulotlari ishlab chiqarila boshlangan. Italiyada 18-a. ning 60-y. larida ot bilan hapakatga keltiriluvchi birinchi makaron f-kasi qurildi, keyinchalik bunday korxonalar Fransiya va Germaniyada paydo boʻldi. Rossiyada ilk makaron f-kasi Odessa sh. da 1797-y. la roʻyxatga olingan. X°z. makaron mahsulotlari tayyorlash texnologiyalari rivojlanib, xamirni qorish, ularga turli shakl berish, mahsulotlarni quritish kabi murakkab ishlar toʻliq mexanizatsiyalashtirilgan. Oʻzbekistonda dastlabki makaron mahsulotlari shilab chiqaradigan makaron f-kasi 30-y. larda Toshkentla qurilgan. 1940-y. da respublikala 7 ming t makaron mahsulotlari ishlab chiqarildi. 1990-y. lar boshida Oʻzbeki-stonla «Oʻzdonmahsulot» davlataksi-yadorlik kompaniyasi korxonalarida Italiya va Shveysariya firmalari uskunalari oʻrnatilgan eng zamonaviy makaron sexlari qurila boshladi. 2000-y. da shunlay sexlar soni 75 tagacha yetdi va 65 ming t turli pav makaron mahsulotlari ishlab chikarildi. Bundan ta-shqari «Oʻzbekbirlashuv» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 272 kichik makaron sexlari faoliyat kursatadi. Ular tomonidan 2002-y. da 13,8 ming t mahsulot tayyorlangan.

Jahonda makaron mahsulotlari i. ch., eksport qilish hamda isteʼmol etishda Italiya, AQSH, Braziliya, Misr va Turkiya davlatlari yetakchi oʻrinda turadi.

Ad.: Medvedev G. M., Texnologiya makaronnogo proizvodstva, Makaron sanoati, 1998.

Poʻlat Tursunxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x