XORUGʻ

XORUGʻTojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi shahar (1932-y. dan), viloyat markazi. Pomirning jan. gʻarbida (2200 m balandlikda), Gʻunt daryosining har ikkala sohilida (Gʻuntning Panj daryosiga quyilish joyida). Avtomobil trakti orqali Dushanba va Oʻsh shaharlari bilan bogʻlangan. 1999-y. dan boshlab Xorugʻ — Qalʼai Xumb — Koʻlob, shuningdek, Xorugʻ — Kulma orqali Xitoy hududiga chiquvchi magistral yoʻllari qurilmoqda. Aholisi 27,4 ming kishi (2001), asosan, pomirlik tojiklar, shuningdek, uzbek, rus, tatar, qirgʻiz, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi.

Xorugʻda goʻshtsut kti, temirbeton konstruksiyalar, non zavodlari, tikuvchilik fkasi, avtomobil taʼmirlash korxonalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, GES, universitet, 12 umumiy taʼlim maktabi, tibbiyot bilim yurti, hunartexnika bilim yurtlari, musiqa maktabi, drama teatri, madaniyat uylari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud. 1977-y. dan Pomir regioni uchun «Orbita» televizion styasi ishlab turibdi. Shaharda Tojikiston FA ning Biologiya inti (shahar chekkasida intning Botanika bogʻi) joylashgan. X. 1925-y. da qishloq sifatida vujudga kelgan. 1932-y. dan Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining markazi.

Nasriddin Mamanazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x