MAJID GʻOFURIY (taxallusi; asli ismi Gʻabdulmajid Nurgʻoniyevich, 1880—1934) — boshqirdtatar shoiri. Boshqirdiston xalq shoiri (1923). Boshqird adabiyotining asoschisi. Ijodi 1902-y. dan boshlangan («Eshon muridlariga» sheʼri). «Yosh umrim» (1906), «Millat muhabbati» (1907) sheʼriy toʻplamlarini yozgan. «Faqirlikda kechgan hayot» (hikoya, 1903), «Sibir temir yoʻli» (doston, 1904), «Turmush bosqichlari» (1930), «Shoirning oltin konlarida» (1931) va b. asarlar muallifi. «Badnom boʻlganlar» (1927) qissasi boshqird nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые