PECHORA

PECHORA — RF Yevropa qismining shim.-sharqidagi daryo. Uz. 1809 km, havzasining mayd. 322 ming km2. Shim. Ural togʻlaridan boshlanib, Pechora pasttekisligi boʻilab oqadi. Barens dengizining Pechora qoʻltiqchasiga quyiladi. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Okt. noyab. da muzlab, may oyida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari — Usa, Laya, Shapkina, Shchugar, Ilich (oʻngda), Ijma, Kojva, Pijma, Silma, Sula (chapda). Quyilish joyida oʻrtacha suv sar-fi 4100 m3/sek. Pechorada muntazam kema qatnaydi. Dengiz kemalari Naryanmargacha kira oladi. Baliq ovlanadi. Havzasida toshkoʻmir (Pechora kumir havzasi), neft (Uxta) va gaz konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x