MAZACHCHO

MAZACHCHO (Masaccio), asli Tommazo di Jovanni di Simone Kassai (Gvidi) (1401. 21.12, Toskana — 1428-y. ning kuzi, Rim) — ital-yan rassomi, Florensiya maktabining yirik namoyandasi. Mazachcho ijodida gotika anʼanalarini qatʼiy yengib, diniy la-vhalarda inson shaxsi haqidagi insonparvarlik tushunchalarini aks ettirgan. 1422-y. dan Florensiyada yashagan, Piza va Rimda ham ishlagan. Ilk asarlari («Madonna avliyo Anna b-n», taxm. 1424; Pizadagi Santa-Mariya del Karmine cherkovi uchun poliptix, 1426 va b.)dayoq xarakatchan nursoya, umumlashma shaklning mahobatliligiga intilishi, shaklning uch oʻlchamliligini oʻta his qilishi bilan diqkatga sazovor (Florensiyadagi Santa-Mariya del Karmine cherkovidagi kapella bezaklari, 1425—28 va b). Mazachcho ilk bor devoriy rassomlikda kompozitsiyaga alohida ulugʻvorlik va mutanosiblik baxsh etuvchi yangi tuzilma yaratdi («Troitsa», 1425—27, Florensiyadagi Santa-Mariya Novella cherkovi va b). Mazachcho sanʼati Uygʻonish davri badiiy madaniyati (jumladan, Pyero della Francheska, Mikelanjelo va b.)ga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x