MAHKAMLASH DETALLARI

MAHKAMLASH DETALLARImashina va qurilmalarning qismlarini qoʻzgʻalmas qilib biriktiradigan detallar. Mashinasozlikning barcha tarmoqlarida keng qoʻllaniladi. Mahkamlash detallari si-fatida, odatda, rezbali birikmalar: boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, shuruplar, shaybalar, shplintlar, shtiftlar ishlatiladi. Shakli va oʻchlamlari standartga mos keladigan rezba rezbali Mahkamlash detallarining asosiy detallari hisoblanadi. Biriktiriladigan detallarga rezba qirqilib, bolt, gayka, shaybalar yordamida boltli birikma hosil qilinadi. Detallarda ochiq teshik hosil qilish talab qilinmagan hollarda vintlar va shpilkalardan foydalaniladi. Biriktiriladigan detallarni ezmaslik, qirmaslik uchun bolt va gayka ostiga shaybalar qoʻ-yiladi. Stopor shaybalari va shplintlar titrashlar va zarbalarda gaykaning oʻz-oʻzidan buralib ketishdan saqlaydi. Har qaysi mamlakat chegaralarida Mahkamlash detallarining oʻlchamlari va shakllari unifikatsiya qilinadi (birxshtlashtiriladi, yaʼni standartlashtiriladi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x