MAGNIYLI OʻGʻITLAR

MAGNIYLI OʻGʻITLAR — tarkibida magniy boʻlgan oʻgʻitlar. Koʻpgina Magniyli oʻgʻitlarda oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan boshqa elementlar (kaliy, azot, fosfor) ham boʻladi. Magniyli oʻgʻitlarning turlari: kaliymagniyli konsentrat — donador, qotmaydigan kukun, tarkibida (8-9% MgO va 17,7-19% K2O); dolomit uni (dolomitning maydalangan mahsuloti, 20% MgO va 28% SaO); asosan, magniy metasilikatidan tashkil topgan serpentinit (32—43% MgO); magniy sulfat yoki epsomit (kamida 13,7% MgO vaʻ8% NaCl bor); ammoniy magniy sulfat (ammoshenit) — mayda kristall qoʻsh tuz, suvda kam eriydi. Tarkibida 10% MgO va 7% N bor; dolomit-ammiakli selitra (10% atrofida MgO, 17% N va 14% SaO); magniy oksid yoki kuydirilgan magneziya (kamida 89% MgO) kiradi. Magniyli oʻgʻitlar yerga bahorgi haydash vaqtida gektariga 10—70 kg solinadi. Asosan, kartoshka, lavlagi, tamakl, dukkakli va dondukkakli ekinlar va b. M. oʻ. ga talabchan. Ekinlarga magniy yetishmasligini ularning koʻrinishiga qarab aniqlash mumkin (q. Oʻsimlikning oziqlanishi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x