MAGNEZIT

MAGNEZITkarbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — MgCO3. Trigonal singoniyada kristallanadi. Ditrigonal-skalenoedr kristallar, koʻpincha, yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi oq, kulrang, sargish, pushti rang. Shishasimon yaltiroq, sof kristallari rangeiz. Qattiqligi 4—7; zichligi 3000 kg/m3. Moʻrt. Oʻta asosli togʻ jinslarining nurashidan va metamorfizm jarayonida talk bilan birga hosil boʻladi. Breynerit — listvenitlarning tipik minerali. Choʻkindi Magnezit koʻl va lagunalarda dolomit va dolomitlashgan ohaktoshlar bilan birgalikda yotadi. Kristallangan Magnezitning katta uyumlari Avstriya, Jan. Ural, Uzoq, Sharq, Braziliya, Xitoy, Koreya va b. joylardan topilgan. Magnezitni sunʼiy ravishda ham oladilar. Oʻtga chidamli materiallar (gʻisht va b.) tayyorlashda, oʻgʻit sifatida, magnezial sement olishda, sellyuloza, oyna-shisha, keramika sanoatida, lok-boʻyoq, sintetik kauchuk, qand i. ch. da va b. sohalarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x